Rasman! Rossiya 2026 yildgi Oʻzbekistondagi shaxmat Olimpiadasiga qoʻyilmadi
Rossiya shaxmat federatsiyasining ijroiya direktori Aleksandr Tkachev ma'lum qilishicha, Rossiya terma jamoasi Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Jahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etmaydi.
Bu haqida Sports.ru xabar berdi.
«Bizning terma jamoalar Jahon shaxmat olimpiadasida qatnashmaydi. FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi janob (Vishvanatan) Anand tashabbusi bilan bu masala kengashda ko‘rib chiqildi va shu tarzda qaror qabul qilindi.
Yaxshiki, o‘yinni siyosiy omillardan ustun qo‘yadigan, o‘z karyerasi uchun xavotir oladigan odamlar ham bor.
Lekin shaxsiy manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadiganlar ham yetarlicha, hozircha kengashda ular ko‘proq. Bu safar ularning pozitsiyasi ustun keldi», — dedi Tkachev.
46-Jahon shaxmat olimpiadasi 15–27 sentabr kunlari Samarqandda (O‘zbekiston) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Rossiya terma jamoasi esa 2026 yil avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) sanktsiyalari uzaytirilgani sababli turnirdan yakuniy ravishda chetlatilgan. Shuning natijasida rossiyalik grossmeysterlar ketma-ket uchinchi marta jamoaviy musobaqalarni o‘tkazib yuborishadi.

Fikrlar