Rasman! Samvel Babayan o‘z xohishi bilan lavozimidan ozod etildi

  • 13.04.2026 17:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

Kechа "Andijon" klubi chempionatning 7-turida "Bobur arena"da OKMKga 1:2 hisobida yutqazganidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida iste’foga chiqishini aytib o‘tganди. Bugun klub matbuot xizmati bu borada rasmiy xabarni e’lon qildi.

"Ma’lumki, Samvel Babayan bilan klub o‘rtasidagi shartnoma ikki yilga mo‘ljallangandi. Biroq ikki tomonning o‘zaro kelishuviga binoan amaldagi mehnat shartnomasi muddatidan avval bekor qilindi. Murabbiy esa shartnoma belgilangan muddatidan oldin bekor qilinganligi sababli unga to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensatsiya mablag‘laridan voz kechganligini ma’lum qildi va klubni moliyaviy tomondan qiyin ahvolga solib qo‘ymasdan qo‘llab-quvvatlashini ham ta’kidlab o‘tdi.

O‘z navbatida “Andijon” klubi Samvel Vyacheslavovichga jamoada olib borgan faoliyati uchun samimiy minnatdorchiligini bildiradi. U klubni qiyin ahvolda qabul qildi va ligada to‘g‘ridan-to‘g‘ri saqlab qolishga turtki bo‘ldi. 

Shuni ham alohida aytish kerakki, har ikki tomon o‘zaro hurmat va ishga bo‘lgan yuqori professionalllik yondashuvi asosida xayrlashishdi. 

Samvel Babayan “Andijon”ning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi va rahbariyat bilan do‘stona munosabatni saqlab qolishini aytdi.

O‘z o‘rnida “Andijon” klubi ham Babayanning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyat tilab qoladi", - deyiladi rasmiy xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
13/04/2026 17:57
шошилинч хабар:
бабаянни энг пастки лигага тушишни орзу килаётган тотенхем тренериликка номзоди куриб чикилаётган экан!
бабаянни 3йилда 5-лигага туширишга вада берибди