Rasman! Shatskix "Andijon"ni tark etdi

  • 18.11.2025 17:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

"Andijon" klubi bosh murabbiy Maksim Shatskix ketganini rasman e’lon qildi. Bu borada klub matbuot xizmati xabar berdi.

Shu yilning 13 may sanasida jamoamizga bosh murabbiy etib tayinlangan Maksim Shatskixning shartnoma muddati joriy yilning 31 dekabr sanasigacha mo‘ljallangan. Ammo klub rahbariyati murabbiy bilan o‘zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qildilar.

Biz Maksim Aleksandrovichga jamoamizdagi 6 oylik faoliyati davomidagi mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz.  

Shatskix “Andijon” ustozi sifatida qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirish harakatida bo‘ldi va klub rivoji yo‘lida mehnatini ayamadi. 

Shatskix “Andijon” bosh murabbiyi sifatida barcha musobaqalarda jami 24 ta o‘yin o‘tkazildi. Shundan 5 g‘alaba, 9 durang va 10 mag‘lubiyat qayd etildi. Qolaversa, Osiyo Chempionlar ligasi 2 da uning boshchiligida qayd etilgan natijalar ham e’tiborga molik. Boisi, “Andijon” 4 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlay oldi, mag‘lubiyatsiz seriytstsa qayd etdi. 

Jamoamizni boshqarish vaqtinchalik Akmal Shorahmedov zimmasiga yuklatildi. 

Biz Shatskixga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz. Hammasi uchun rahmat, Maksim Aleksandrovich", - deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, "Andijon" klubi chempionat doirasida navbatdagi o‘yinni 21 noyabr kuni "Bobu arena"da "Xorazm"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!