
Rasman! Tonali "Nyukasl" futbolchisi
Rasman Sandro Tonali "Nyukasl" futbolchisiga aylandi. Mazkur transfer klubga 70 million evroga tushdi. Yarim himoyachining o‘zi bilan 5 yillik bitim imzolangan.
Ma’lumot uchun, Tonali 2020-2023 yillar oralig‘ida "Milan"da to‘p surdi. U Italiya jamoasidagi foliyati davamida 130 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 13 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar