
Xayr Vinisius, xayr Vaskes!
“Real” uchun joriy mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlanmoqda. Madridliklar La Ligada ham, Chempionlar ligasida ham chempionlik unvonini saqlab qola olmadi.
La Liganing 35-turida “Barselona”ga qarshi o‘yin “Real” uchun har tomonlama og‘ir keld. Birinchidan, jamoa hisobda ikki gol bilan oldinda borganiga qaramay, to‘g‘ridan to‘g‘ri raqibiga yutqazib qo‘ydi.
Ikkinchidan, bu mag‘lubiyatdan keyin “Barselona”ning chempionlikni “Real”dan tortib olishi aniqlashib qoldi.
Uchinchidan, “Qirollik klubi”ning ikki etakchi o‘yinchisi bu bahsda shikastlandi. Endi ma’lum bo‘lishicha, hujumchi Vinisius Junior va tajribali Lukas Vaskes mavsumning qolgan qismini jarohat tufayli o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
“Real” chempionatning ikki o‘yinida bu futbolchilar bilan xayrlashishga majbur.
Endi Vinisius Junior 15 iyunda boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qadar oyoqqa turishga harakat qiladi. Lukas Vaskes esa, o‘ziga boshqa jamoa topishi kerak. Chunki uning shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi va klub yangi bitim taklif qilmoqchi emas.
Fikrlar