
“Real” alami mag‘lubiyatdan keyin uchta yulduzdan voz kechdi
Ispaniya chempionatining 35-turida “Real” ashaddiy raqib – “Barselona” maydonida 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, amalda chempionlik unvonini kataloniyaliklarga topshirdi.
Bu bellashuvdan keyin “Qirollik klubi” mutasaddilari ayrim mashhur o‘yinchilarni sotib yuborishga qaror qildi.
Fichajes saytining ma’lum qilishicha, madridliklar bu transferlardan tushgan mablag‘ni yangi ijrochilarni olishga yo‘naltiradi.
Orelen Tchuameni – frantsiyalik yarim himoyachi mavsum davomida tanqidga urab kelayotgan edi. “Kamp Nou”da boy berilgan “el klasiko”dan keyin bu bosim yanada kuchaydi. Madridliklar bu o‘yinchini 90 milliondan boshlangan takliflar evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Fran Garsiya – ispaniyalik chap qanot himoyachisi “Barselona”ga qarshi bellashuvda 17 yoshli Lamin Yamalni to‘xtata olmadi. Fran Garsiyaga “Bornmut” qiziqish bildirmoqda, madridliklar esa, uni 15-20 million evro atrofidagi badal puliga transfer qilmoqchi.
Dani Sebalos – bir necha mavsum oldin eng yorqin iste’dodlardan sanalgan bu yarim himoyachi ham o‘ziga berilgan imkoniyatni oqlay olmadi. “Barselona” bilan bo‘lgan bahsda uning tayan zonadagi o‘yini murabbiylar shtabiga yoqmadi. Bir necha yil muqaddam 45 million evroga baholangan yarim himoyachini endi to‘rt baravar arzoniga olish mumkin.
Fikrlar