
Rasman! Urugvay terma jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi
Rasman Marselo Belsa Urugvay terma jamoasida ish boshladi. U 2026 yilgi jahon chempionatigacha amal qilishi ko‘zda tutilgan shartnomaga rozi bo‘ldi.
67 yoshli mutaxassis 2022 yildan beri ishsiz yuribdi. U so‘nggi marta "Lids" tomonidan iste’foga chiqarildi. Shuningdek, Marselo faoliyati davomida Argentina va Chili kabi terma jamoalarni ham boshqargan.
Urugvayliklarni sobiq ustozi Diego Alonso Qatardagi mundialdan so‘ng bo‘shatildi. U 2022 yili 1-yanvar kuni jamoani qabul qilib olgandi.
Fikrlar