
Rasman! Vasiliy Lomachenkoning jang sanasi va raqibi aniq bo‘ldi
Professional boks olamida taniqli nomlardan biri hisoblangan 3 vaznda sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenkoning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi. U 26 iyun kuni yaponiyalik Masayoshi Nakataniga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang Las-Vegas shahridagi "Virgin Hotel" mehmonxonasining sport arenasida bo‘lib o‘tadi.
Lomachenko (14-2, 10KO) 2020 yil oktyabr oyida Teofimo Lopesdan uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng, hali ringga ko‘tarilgani yo‘q. 33 yoshli ukrainalik hamon o‘z divizionida 2-raqamli bokschi sifatida e’tirof etilmoqda.
Nakatani (19-1, 13 KO) esa, Lomachenko uchun xavfli raqib bo‘lishi kutilmoqda. U mazkur diviziondagi eng bo‘yi baland va gavda tuzilishi yirik bo‘lgan jangchilardan biri. Nakatani 2019 yil dekabr oyida Teofimo Lopes bilan jangda 12 raund davomida anchagina qiyinchilik tug‘dira olgan edi.
Fikrlar