Rasmiy xabar! BAA terma jamoasi bosh murabbiyi Paulu Bentu iste’foga chiqarildi
Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bosh murabbiyi Paulu Bentu iste’foga chiqarildi. Bu haqda BAA futbol assotsiatsiyasi xabar berdi. Uning o‘rnini kim egallashi hozircha noma’lum.
BAA terma jamoasi kecha KXDR bilan uchrashuvda so‘nggi daqiqalarda gol urib g‘alabani o‘ziniki qilib ketdi. Portugaliyalik mutaxassis 2023 yildan termani boshqarib kelayotgan edi. 55 yoshli murabbiy ushbu davrdagi bahslarda 14 g‘alaba, 6 durang va 6 mag‘lubiyat qayd etgan.
Ma’lumot uchun, BAA hozirda "A" guruhida 13 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston terma jamoasi 9-turda aynan BAA bilan safarda o‘ynaydi. Ushbu bellashuv biz uchun hal qiluvchi bo‘ladi.
Fikrlar