Rasmiy xabar! "Qizilqum" O‘zbekiston MTJga nomzod futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi (Foto)
O‘zbekistonning 4 karra chempioni, Janubiy Korea kubogi g‘olibi, O‘zbekiston terma jamoasiga doimiy nomzod bo‘lgan, faoliyati davomida ko‘plab jamoalarda asosiy futbolchi bo‘la olgan, tajribali himyachi Oleg Zoteev yangi mavsumni “Qizilqum” jamoasida boshlaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Oleg Zoteev haqida qisqacha ma’lumot:
Ismi sharifi: Oleg Zoteev
Tug‘ilgan sana: 05.07.1989. y
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Millati: o‘zbek
Amplua: himoyachi
Oleg Zoteev to‘p tepgan jamoalari: AGMK, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Jeonnam Dragons” (J. Korea).
Fikrlar