Rasmiy xabar: Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Prezidenti iste'foga chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

IKA Prezidenti Haider Farmon oilaviy hamda boshqa ish majburiyatlari sababli Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Prezidenti lavozimidan rasm an iste’fo berdi.

U o‘zining iste’fo xatida IKA Boshqaruv qo‘mitasi hamda butun Dunyo Kurash oilasiga faoliyati davomida bildir ilgan ishonch va hamkorlik uchun minnatdorl ik bildirdi. Shuningdek, uning rahbarligi davrida Kurash sportini xalqaro miqyosda rivojlantirish, ommalashtirish va tashkilot salohiyatini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan ishlarni alohida qayd etdi.

IKA Ustaviga muvofiq, IKA Birinchi vitse-prezidenti Ziyoviddin Hojiniyazovning zimmasiga  vaqtinchalik Prezident vazifasini bajaruvchi (Acting President) vakolati yuklatildi. 

U navbatdagi IKA Kongressgacha, prezidentlikning qolgan muddati doirasida tashkilotni boshqaradi. Mazkur Kongressda tashkilotning keyingi rahbarligi masalasi a’zolar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Haider Farmaning Kurash sporti rivojiga qo‘shgan hissasini yuksak baholab, uning xizmatlarini minnatdorl ik bilan e’tirof etadi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!