
Rasvo qilding! Darvozabonga tashlangan Vinisius 12 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
Ispaniya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan, biroq kechiktirilgan uchrashuvda “Real” safarda “Valensiya” bilan kuch sinashdi.
Bellashuvning 27-daqiqasida hisobni ochgan mezbonlar 85 daqiqagacha hisobda oldinda bor. 55-daqiqada Jud Bellingem penaltini aniq bajara olmay, hisobni tenglashtirish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.
Uchrashuvning kulminatsion nuqtasi 79-daqiqaga to‘g‘ri keldi. Vinisius Junior raqib darvozaboni Stole Dimitrevski bilan kelisha olmay qoldi va uning yuziga qo‘li bilan turtdi. Videotakrorni tomosha qilgan bosh hakam braziliyalik yulduzni maydonda haydadi.
Jamoasi bir kishi kam bo‘lib qolgani uchun taktikani o‘zgartirish maqsadida Karlo Anchelotti maydonga Luka Modrichni tushirdi. Aynan shu futbolchi oradan besh daqiqa o‘tib, hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Jud Bellingem g‘alaba to‘pini kiritib, aybini yuvdi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Vinisius Junior raqibga qo‘l ko‘targani uchun diskvalifikatsiya qilinadi. Odatda, bunday holatda o‘yinchi o‘rtacha to‘rtta o‘yinga chetlatiladi. E
Biroq, Ispaniya chempionati reglamentida to‘psiz raqibga tajovuzkor xatti-harakat qilish 12 ta uchrashuvgacha diskvalifikatsiya bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan. Endi yakuniy qarorni Tartib-intizom qo‘mitasi chiqaradi.
Fikrlar