Ratinyo "Neftchi" muxlislariga nimani aytdi?
Xabaringiz bor, Farg'onaning "Neftchi" klubi yangi mavsumda ham chempionlik uchun kurashish va OCHL Elitda munosab qatnashish borasida tarkibini yanada mustahkamlamoqda. Bu borada seleksiya ishlari jiddiy ravishda olib borilayapti.
2024 yili "Dinamo" safiga qo‘shilgan paytda braziliyalik Ratinьoni aytarli hech kim bilmasdi. Ammo o‘tgan vaqt mobaynida yarim himoyachi o‘z o‘yini bilan barchaning mehrini qozondi.
U "Dinamo"da qisqa fursat ichida haqiqiy yetakchiga aylandi. Futbolchi ikki yil ichida samarqandliklar safida hammasi bo‘lib 53 ta o‘yinda maydonga tushdi. 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani bajardi.
Tabiiyki, ushbu legionerga talabgorlar bisyor edi. "Neftchi" esa hammadan ildamroq harakat qilib, braziliyalik legionerni o‘z safiga qo‘shib olishga muvaffaq bo‘ldi. Ratinьo "Neftchi"ning o‘yiniга yanada mazmun olib kirishiga ko‘pchilik ishonmoqda.
"Neftchi" matbuot xizmati Ratinьodan dastlabki intervyuni oldi.
- "Neftchi" jamoasi haqida shuni ayta olamanki, bu buyuk anʼanalarga ega, doimo qo‘llab-quvvatlab keladigan fidoiy muxlislari bor ajoyib klub. Ushbu katta jamoaning bir qismi bo‘lganimdan juda xursandman va klubning asosiy maqsadlariga erishishda o‘z hissamni qo‘shishni istayman.
Muxlislar mening kelishimdan katta mehnat, fidoiylik va jamoaning ushbu mavsumdagi muhim maqsadlariga erishish yo‘lida bor kuchimni sarflashimni kutishlari mumkin. Umid qilamanki, muxlislarimiz mavsum boshidan oxirigacha bizni qo‘llab-quvvatlab turishadi. Menga berilgan bu imkoniyat uchun barchangizga katta rahmat!
Fursatdan foydalab barchani yangi kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman!", - deydi Ratinьo.
Fikrlar