Ravshan Ermatov FIFAning texnik maslahatchisi bilan yangi rejalarni muhokama qildi

  • 07.12.2021 18:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

E’tibor berayotgan bo‘lsangiz, oxirgi paytlarda O‘FA rahbariyati futbolga aloqadar xorijiy mutaxassislar bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha turli uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda. Navbatdagisi ham bundan mustasno emas. 

O‘FA matbuot xizmatining xabariga qaraganda, FIFA tuzilmasida faoliyat olib borayotgan tajribali mutaxassis, tashkilotning Markaziy Osiyo davlatlari assotsiatsiyalari texnik bo‘limlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul Gayoz Darsadze O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi. O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, mutasaddi va mutaxassislar hamda Gayoz Darsadze ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda dastlab O‘zbekiston futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar haqida so‘z yuritildi. FIFA hamda O‘FA o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlari ishonch va hurmat asosida qurilgan ekanligi alohida ta’kidlandi.

ufa2_5

Shundan keyin FIFA vakiliga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining texnik bo‘limi, uning faoliyati, joriy yilda sohani rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi loyiha hamda rejalar haqida ma’lumotlar berildi.  

Mamlakatimizda bolalar, ayollar va plyaj futboli hamda futzalni rivojlantirish bo‘yicha bir qator masalalar muhokama qilindi. 2022 yilda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda sportchilar bilan ilmiy-tahliliy kurslar va seminarlar o‘tkazish bo‘yicha fikr almashildi.

ufa3_1

Shuningdek, suhbat davomida Darsadze zamonaviy futbol rivojida mazkur sohaning o‘rni alohida ekani, bu tizimni yo‘lga qo‘yish mamlakat futbolining rivojlanishi uchun xizmat qilishini ta’kidladi.

Tomonlar kelajakdagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirib, 2022 yilga mo‘ljallangan futbolni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab olishdi.

O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!