Ravshan Ermatov: "Ushbu sovrinni bizga topshirilgani juda yoqimli, bu assotsiatsiyamizga motivatsiya o‘rnida xizmat qiladi"

  • 2 noyabr, 2023, 08:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek, Qatar poytaxti Doxa shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining “AFC Annual Awards” yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Yilning eng yaxshi futbol assotsiatsiyasi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ushbu sovrinni qabul qilib oldi. Albatta, ushbu yuksak e’tibor va ishonch biz uchun yoqimli hamda quvonchlidir.

G‘oliblik uchun bizdan tashqari Yaponiya va Eron futbol assotsiatsiyalari ham da’vogarlik qilishdi. Biroq yakunda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi eng zo‘ri deb topilgani juda o‘zgacha bo‘ldi.

O‘z navbatida “Yilning eng yaxshi futbol assotsiatsiyasi” sovrinini qabul qilib olgan Ravshan Ermatov Sports.uz saytiga bu boradagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘zingiz bilasiz, xalqaro tashkilotlar, OFK har bir milliy assotsiatsiyalarida qilinayotgan ishlar, futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan har qanday faoliyatni sinchkovlik bilan o‘rganib boradi. Eng yaxshi futbol assotsiatsiyasi tanlovi 20 dan ortik kriteriyalar bo‘yicha tanlab olindi. Kuchli uchtalikka kirganimizni bilganimizdan keyin bizda qandaydir umid paydo bo‘lgandi. Albatta, yakunda ushbu sovrinni bizga topshirilgani juda yoqimli bo‘ldi. Albatta, bu futbol assotsiatsiyamizga motivatsiya o‘rnida xizmati qiladi. Bizga yanada katta kuch va eng kerakligi futbolimiz rivojida to‘g‘ri yo‘lda ekanimizdan dalolat beradigan unvon va bundan xursandmiz.

ermatov5

Osiyo futbol konfederatsiyasining O‘FAni futboli tez rivojlanayotgan davlatlar qatoriga qo‘shishi avvalambor hurmatli Prezidentimizning sportga, futbolga qaratayotgan e’tiborlarini alohida ta’kidlashimiz joiz. Qolaversa, sport vazirligi, olimpiya qo‘mitasi bilan Abdusalom Abdumavlonovich Azizov boshchiligidagi assotsiatsiya jamoasi, PFL, klublar, hakamlar, futbolni rivojlanishiga aloqador bo‘lganlarning mehnati, albatta bu erda jurnalistlar va muxlislar, barcha-barcha katta jamoalarning futbol rivoji yo‘lida ko‘rsatayotgan mehnati va fidoyiligi tufayli mana shunday sovrin qo‘lga kiritildi. Barchaning o‘rni beqiyos.

ermatov4

Yaponiya bilan Erondan ustunlik jihatimizni aytishim qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘ladi, hammasini OFK hal qilgan. Boya aytib o‘tganimdek, OFK eng yaxshisini aniqlashda 20 dan ortiq kriteriyalari bor. Aynan bir yil ichida kim qanday faoliyat olib borgani bo‘yicha aniqlangan. Qaysi kriteriyalarda biz oldinda bo‘ldik, qaysilarida Yaponiya yoki Eron oldinda bo‘ldi, bularni OFK biladi. Bu sovrin bizni havolantirib, oyog‘imizni erdan uzib qo‘ymaydi. Yanada mas’uliyat va ishtiyoq bilan ishlashga yaxshigina dalda beradi”, - deydi Ravshan Sayfiddinovich.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
бек тв
03/11/2023 06:53
Чичиб булгаб пукини еган федерация номинацияси голиби
&
Хавасбек
02/11/2023 20:29
БУНАКА СОВРИН ОЛГАНГА ЯРАША ИШ КИЛИБ КУЙИНГЛАР..... СОХТА ЧЕМПИОНАТ ХОДИМЛАРИ......ТФУ ТФУ СЕНЛАРГА....СОВРИН ХАЙИБ !!!!!!!!!!!!!!!!!!
Шоим Зарипов
02/11/2023 14:35
Бу соврин УФАга пахтаойни чемпион килиши учун берилган бу совринни олишимизда УФАрахбапларини хакамларимизни хиссаси катта деб ёзишаяптику.
&
02/11/2023 22:42
Ohooo unaqada fifadagilar futbolni sizchalik bilmas ekanda
&
Дувлан
02/11/2023 11:27
УФА молодец, қоғозвозликда биринчи ўринни хеч бир давлатга бермабди,қойилмисилар?.
&
ал хилол
02/11/2023 10:48
Хакамларимиз хам Осиёда энг яхшиси булсайди.орзуга айб йук