Ravshan Haydarov "JCh-2026" qur’asi haqida: "Har qanday jamoa bilan o‘ynashga qurbimiz etadi"

  • 8 dekabr, 16:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Amerikada “JCh-2026” uchun qur’a tashlash marosimid o‘tkazildi. Barchamiz milliy terma jamoamizning guruhdagi raqiblarini katta ishtiyoq bilan kuzatganimiz rost.

Tecno

Yoshlar terma jamoamizni boshqarib kelayotgan tajribali mutaxassis Ravshan Haydarov Sports.uz saytiga qur’a va raqiblarimiz xususidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘ylaymanki, qur’a tashlash marosini boshqacha qilib o‘tkazishdi. Qur’a tashlashni hayajon bilan kuzatdik, kim raqib bo‘lishi qiziq edi. To‘g‘risini aytaman, kutilmalar yo‘q edi. Birinchi savatchadan kimdir tushishini bilardim. Mezbon jamoalardan biri raqib bo‘lsa yaxshi bo‘lardi, degan fikrlarni eshitdim. Lekin savatchalarda kuchli jamoalar joylashgandi. Baribir kimdir tushishi ma’lum edi. O‘ylaymanki, biz uchun yaxshi guruh. O‘ynasa, kurashsa bo‘ladigan va keyingi bosqichga chiqsa bo‘ladigan guruh. Bilamiz, Portugaliya top jamoa. Kolumbiya har doim kuchli bo‘lgan. Uchinchi jamoamiz nomi ma’lum bo‘lganidan keyin u to‘g‘risida ham fikr bildirish mumkin. Jahon chempionatida kuchsiz jamoalarni o‘z bo‘lmaydi. U erga hamma termalar katta ishtiyoq bilan keladi. Futbolni eng katta anjumani. O‘yinchilar boshqacha ishtiyoq bilan yondashadilar. Biz ham xuddi shunday. Raqiblarni o‘rganish, ularga o‘xshagan raqiblar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilinishi kerak. Shunaqa ishlar olib borilyapti. Murabbiylar shtabi tajribali, jahon chempionatida qatnashishgan. Yigitlarni ruhiyatini to‘g‘ri tayyorgarlik orqali olib boradilar. O‘ylaymanki, saviya bo‘yicha oxirgi paytlarda bizni xursand qilishyapti, darajamiz o‘sib bormoqda. Misr, Eron bilan kurashlarimiz shundan dalolat berib turibdi. Har qanday jamoa bilan o‘ynashga qurbimiz etadi. Eng asosiysi, o‘sha kunga yaxshi formada va sog‘lom kelish. Murabbiylarni jamoalarga qarab ishlab chiqadigan rejalari bo‘ladi. Umid qilamanki, guruhdan chiqish maqsadini bajarishadi.

- Dastlabki vazifamiz guruhdan chiqish. Shuni fonida aytadigan bo‘lsak, guruhimizni me’yorida desak bo‘ladimi?

- Juda ham me’yorida. Bundan ham kuchli bo‘lishi mumkin edi. Yaxshi va o‘ynasa bo‘ladigan jamoalar. Guruhdan chiqish vazifasini oldimizga qo‘yadigan jamoalar bilan o‘ynaymiz.

- Fabio Kannavaro borasidagi dastlabki taassurotlar pozitiv. Uni shaxsan yaqindan ko‘rib qanday baho beryapsiz?

- Ish jarayonlarini hali yaqindan bilmayman. Lekin ko‘rinib turibdi, futbolchilar boshqacha ishtiyoq bilan ishlashyapti. Oxirgi uchrashuvlarda taktik sxemalarda katta o‘zgarishlarni ko‘rmadik. Biroq o‘yinchilarni ishtiyoqi ko‘tarilgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Qo‘yilgan talablarni bajarishga harakat qilishayotgani, yangi murabbiylar shtabi oldida o‘zlarining yanada yangi qirralarini ko‘rsatish niyatida ham maydonda ter to‘kishyapti. O‘ylaymanki, bu juda muhim. Mundialga taktik jihatdan qanday tayyorlanishlari o‘zimizga ham qiziq. Qaysi raqibga qarshi qanaqa taktik tayyorgarlik bilan borishimiz muhim. Tajribali murabbiylar buni yigitlarga yaxshi etkaza oladilar. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!