Ravshan Xodjaev: "U shunchaki shoumen edi va janglari ham shou bo‘lgan"

  • 3 iyul, 2024, 13:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

"Jang" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy", Shahram G‘iyosov va bir qator iste’dodli bokschilarimizning ustozi, hozirda Ozarbayjon boks terma jamoasiga murabbiylik qilayotgan Ravshan Xodjaev bo‘ldi. Ushbu mutaxassis Kostiya Tszyu va Nasim Hamed o‘rtasidagi tafovutni izohlab berdi va o‘z tanlovini ma’lum qildi. 

Tecno

- Konstantin Tszyu afsonaviy bokschi sanaladi. Har bitta raqibi jiddiy bo‘lgan. Ajoyib texnika egasi edi.  Nasim Hamedning janglarini ko‘ring va raqiblariga e’tibor qarating, qaysi zarbada nokaut bo‘lyapti, u shunchaki shoumen bo‘lgan. Janglarining o‘zi shou edi.  Istalgan jangini e’tibor berib tomosha qilsangiz, o‘zingiz amin bo‘lasiz.  Bu zarbalardan nokaut bo‘lish "ne realno"da...Shunchaki o‘sha vaqtlar bizni, bokschilarni, TV sharhlovchilarini boksdagi tushunchasi sal pastroq bo‘lgan.  Shuning uchun biz ushbu janglarga ishongandik. Mana endi o‘zimiz mutaxassis bo‘ldik va buni tushunib etyapmiz. Albatta, Kostya Tszyuni tanlagan bo‘lardim. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!