Rayan Garsiya Konor Benn bilan bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumaniga kelmadi
Yarim oʻrta vaznda WBC chempioni Rayan Garsiya britaniyalik Konor Bennga qarshi jang oldidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan matbuot anjumaniga kelmadi. U yerda raqiblar anʼanaviy ravishda yuzma-yuz turishi, yaʼni sterdaun oʻtkazishi rejalashtirilgan edi. OAV xabarlariga koʻra, Garsiya shu qadar vazn tushirish mashgʻulotlariga berilib ketganki, ommaviy axborot vositalari uchun moʻljallangan tadbirni butunlay oʻtkazib yuborishni maʼqul koʻrgan.
Qiziqishi shundaki, soʻnggi yillarda bu vazn toifasida jang qilmagani uchun vazn tushirishda qiyinchilikka duch kelayotganini oʻzi ham tan olgan Konor Benn matbuot anjumaniga baribir yetib keldi. Jurnalistlar taʼkidlashicha, ogʻir mashqlar va soʻnggi haftaning qattiq dietasiga qaramay, Bennning holati jang oldidan anchagina yaxshi köringan.
Benn muxlislar oldida Garsiyaning kelmagani uchun uzr soʻradi va raqibini oʻzini qoʻlga olishga chaqirdi. Shu paytda Rayan Garsiya ijtimoiy tarmoqlarda Bennning vazn tushirish jarayonini mashhara qiluvchi postlar joylashtirish bilan band edi. Konor Benn esa yarim oʻrta vazn meʼyoriga qaytish uchun oʻtkazgan mashqlar yigʻinini "haqiqiy dōzaxga borib, ortga qaytishga teng sayohat" deb taʼrifladi.
Maʼlumot uchun, Konor Benn va Rayan Garsiya jangi 12 sentabr kuni boʻlib oʻtadi.

Fikrlar