Rayan Garsiya tez orada ringga qaytmoqchi

  • 16.09.2026 22:25
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boks yulduzi Rayan Garsiya(26-2, 21 KO)ning asosiy maqsadlaridan biri — Teofimo Lopes (23-2, 13 KO) bilan jang qilish edi. Ammo bu to‘qnashuv kamida kelasi yil may oyigacha tashkil etilmasligi mumkin. Shu bois yarim o‘rta vaznda WBC chempioni Lopesga qarshi bahsgacha bo‘lgan vaqtni behuda sarflash niyatida emas va ungacha yana bir jang o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

"Nima uchun men maygacha Lopesni kutgancha qo‘l qovushtirib o‘tirishim kerak?! Dekabr yoki yanvarda ringga qaytishni istayman va bu albatta engilroq raqibga qarshi bo‘ladi. Ishonch bilan ayta olaman, may oyigacha yana bir bor meni ringda ko‘rasiz", — dedi amerikalik.

Eslatib o‘tamiz, Garsiya 12 sentabr kuni Konor Benni 2 raundda texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!