Rayan Garsiya va Iliya Topuriya o‘zaro janjallashib ketdi!

  • 22.05.2026 13:12
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC chempioni Iliya Topuriya kuni kecha Alvaro Kolmeneroga bergan intervyusida taniqli bokschi Reyan Garsiyaning "davri o‘tgan"ini ta’kidladi.

"Reyan men uchun juda qulay raqib. Agar Garsiya bilan jang qilsam, hakamlarning qarorigacha yetib bormay, uni sindiraman. U o‘z nomini hayp asosida yaratgan, xolos", - dedi UFC yulduzi.

Shundan so‘ng, meksikalik bokschi bu so‘zlarga ijtimoiy tarmoqlar orqali keskin javob qaytardi:

"Sen MMA uchun juda yaxshi "udarnik"san. Biroq ringdagi to‘qnashuvimizdan keyin naycha orqali ovqatlanishingga to‘g‘ri keladi. Boshqalarning ishiga aralashma. Men o‘z yo‘limda, sen o‘z yo‘lingda qol!"

Tabiiyki, ushbu gaplardan so‘ng Iliya ham jim turmadi.

"Garsiya, sen faoliyatingdagi eng katta g‘alabalarni steroidlar yordamida qo‘lga kiritding. Lekin qiziq, nega shunda ham ishonching buncha baland?" - deya kinoya qilib o‘tdi Topuriya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!