Rayan Garsiya va Teofimo Lopes jangida kim favorit?
Taniqli boks tahlilchisi Shon Porter WBC kamari sohibi Rayan Garsiya va WBA chempioni Teofimo Lopes oʻrtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Fikrimcha, Garsiya Lopesdan ustun keladi. Albatta, Teofimo juda yuqori darajadagi jangchi, lekin u juda koʻp hollarda tashabbusni raqibga berib qoʻyadi. Rayan esa – ajoyib "udarnik", u oʻng qoʻldan kuchli zarba bilan vaziyatni keskinlashtirib, chap qoʻl bilan seriyani davom ettiradi. Lopesga gʻalaba qozonish uchun qandaydir gʻayrioddiy taktika kerak. Biroq ochigʻini aytsam, undan ancha vaqtdan beri yangi taktik yechimlar koʻrmayapman.
Albatta, hozirdanoq uzoqni koʻzlab qatʼiy xulosa qilish qiyin. Ilk qarashda bu bahs mutlaqo teng kurashdek tuyuladi. Lekin yigitlarning hozirgi holati va formasini inobatga olsak, men gʻalabani Garsiya foydasiga 55/45 deb baholayman", – dedi Porter "Fight Hub TV" ga bergan intervyusida.

Fikrlar