Rayan Garsiya yana bir jahon chempioniga "vızov" tashladi

  • 16.09.2026 02:59
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yarim oʻrta vaznda WBC chempioni Rayan Garsiya Las-Vegasda qo‘lga kiritgan g‘alabasini uzoq nishonlash niyatida emas. Konor Bennni juda qisqa fursatda va ishonchli tarzda mag‘lub etganidan so‘ng, amerikalik yulduz rasmiy ikkinchi chempionlik kamari uchun kurash boshlaganini e’lon qildi va WBA chempioni Teofimo Lopesga ochiq chaqiriq yo‘lladi.

"Men Teofimoni yettinchi yoki sakkizinchi raundda nokaut qilaman. Maqsadim — kamarlarni birlashtirish, Lopes bilan jang esa bu yo‘lda to‘g‘ri va mantiqiy qadam. Bu ulkan to‘qnashuv bo‘ladi, Lopesning o‘zi ham juda yaxshi raqib. Shuning uchun gapni ko‘paytirmaylik, shunchaki bu bahsni tezroq tashkillashtirish kerak", — dedi WBC chempioni.

Eslatib o‘tamiz, 12 sentabr kuni Garsiya jahon boksidagi eng yirik yulduzlardan biri ekanini yana bir bor isbotladi. Rayan Konor Bennni ikkinchi raundning oʻzidayoq mag‘lub etib, oʻz nufuzini mustahkamlab qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!