Rayola De Ligtga yangi jamoa izlamoqda. "Yuventus" uning narxini e’lon qildi

  • 17 oktabr, 2021, 22:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi futbolchisi Matteys De Ligt Turin klubini tark etishi mumkin. Bu haqda "Calciomercato" xabar bermoqda. 

Niderlandiyalikning agenti Mino Rayola o‘z mijozining holatidan norozi bo‘lmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Rayola "Chelsi", "Manchester Siti" va "Barselona" bilan aloqaga chiqqan. 

Qayd etilishicha, Turin klubi uni qo‘yib yuboradi. Buning uchun xaridor klub De Ligtning shartnomasida ko‘rsatilgan 150 million evroni to‘lab berishi lozim. 

22 yoshli o‘yinchi ushbu mavsumda "keksa sinora" safida jami 8 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!