"RB Leyptsig" - "Liverpul" juftligining javob bahsi ham neytral maydonda o‘tkazilishi mumkin

  • 11 fevral, 2021, 19:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya hukumati tomonidan mamlakat hududiga Britaniyadan keluvchilarni kiritmaslik bo‘yicha qo‘yilgan taqiq tufayli, UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan “RB Leyptsig” hamda “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin Budapesht shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Tecno

The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu jamoalar o‘rtasidagi 10 mart kuni bo‘ladigan javob bahsi ham neytral maydonda o‘tkazilishi mumkin. Gap shundaki, "RB Leyptsig" agar jamoa javob o‘yini uchun Angliyaga borsa, ular qaytib kelgandan keyin, karantinga olinishi haqida allaqachon xabardor qilingan.

“RB Leyptsig” – “Liverpul” uchrashuvi 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!