"Real" — dunyodagi eng qimmat futbol klubi (ro‘yxat)

  • 11 sentabr, 2022, 17:43
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Forbes" jurnali dunyoning eng qimmat 50 ta sport klubi ro‘yxatini e’lon qildi. 50 talikka Ispaniya, Angliya, Germaniya va Frantsiyaning 8 ta futbol klubi kirdi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Real" 5,1 milliard dollar bilan dunyodagi eng qimmat futbol klubi hisoblanadi. Umumiy reytingda esa Madrid klubi 13-o‘rinni egalladi.

"Barselona" reytingda 15-o‘rinni egallagan va futbol jamoalari orasida 5 milliard dollarga baholangan holda 2-pog‘onani band etgan. “Manchester Yunayted” 4,6 milliard bilan  kuchli uchlikni yakunlab bergan (umumiy reyting - 19-o‘rin).

To‘liq ro‘yxat:
1. Real Madrid - 5,1 mlrd
2. Barselona - 5 mlrd
3. Manchester Yunayted - 4,6 milliard
4. Liverpul - 4,45 milliard
5. Bavariya - 4,28 mlrd
6. Manchester Siti - 4,25 milliard
7. PSJ - 3,3 mlrd
8. Chelsi - 3,1 milliard

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!