"Real" - "Barselona": Taxminiy tarkiblar (foto)
Uzoq kutilgan "el-klasiko" startiga ham oz fursat qolmoqda. Ushbu bahs shunisi bilan ham qiziqki, g‘olib tomon chempionlik poygasidagi pozitsiyasini ancha yaxshilab oladi. Shu sababli, o‘yin qiymati doimgidan ham yuqori.
Ammo har ikki tomonda ham yo‘qotishlar yo‘q emas. Xususan, mezbonlar safida asosiy tarkibning 4 futbolchisi bugungi printsipial uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Aniqrog‘i, Serxio Ramos, Rafael Varan, Dani Karvaxal hamda Eden Azar bugungi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
"El-klasiko"da "Real" asosiy tarkibining 4 vakili qatnashmaydi (qaydnoma)
Mehmonlar ham Madridga to‘liq tarkib bilan kelmadi. Garchi mazkur bahs oldidan Jerar Pike va Serxi Roberto safga qaytgan bo‘lsada, ba’zi futbolchilar "el-klasiko"da maydonga tushmaydi. Shuningdek, Filippe Koutino bilan Ansu Fati mavsum so‘ngiga qadar safdan chiqqan.
"El-klasiko" oldidan "Barsa" muxlislari uchun 2 ta xushxabar! (qaydnoma)
Eslatib o‘tamiz, mazkur to‘qnashuv 00:00 da start oladi. O‘yinga aloqador barcha yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring.


Fikrlar