"Real", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" yosh futbolchi uchun kurash olib boradi
Gretsiyaning "Olimpiakos" klubi yarim himoyachisi Xristos Muzakitis faoliyatini toʻp klublardan birida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga koʻra, 19 yoshli futbolchining xizmatlariga Yevropaning bir qator toʻp klublari qiziqish bildirmoqda. Xususan, Ispaniyaning "Real Madrid" Angliyaning "Arsenal" hamda " Manchester Yunayted" klublari gretsiyalik iqtidorli futbolchini sotib olish payiga tushgan. Grek klubi yarim himoyachi transferi ortidan 40 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Xristosning oʻzi qishda jamoani tark etishga tayyor. Uning narxi 25 million yevroni tashkil etadi. Futbolchining "Olimpiakos" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilda yakuniga yetadi.
Maʼlumot uchun, futbolchi joriy mavsumda 22ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar