
“Real”, “Barsa” va “Yuventus” prezidentlari Las-Vegasda uchrashdi
"Real" prezidenti Florentino Peres, "Barselona" prezidenti Joan Laporta va "Yuventus" prezidenti Andrea Anelli Las-Vegasda uchrashib, Evropa Superligasi loyihasini muhokama qildi, deb xabar beradi FCBN.
Manba bergan xabarga ko‘ra, klub rahbarlari turnirni qaytarish uchun loyihaga qanday o‘zgartirishlar kiritish kerakligini muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 19 aprel kuni 12 ta klub Superliga tashkil etilganini e’lon qilgan edi. Biroq muxlislarning noroziligi va Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqining (UEFA) sanktsiyalar tahdididan so‘ng, loyiha to‘xtatildi.
Aprel oyida Madriddagi sud UEFA va Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning yangi turnir tashkil etishni rejalashtirayotgan klublarga nisbatan sanktsiyalar qo‘llashiga to‘sqinlik qilgan choralarni bekor qildi.
Fikrlar