"Real" 115 mln evrolik transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 26.07.2026 23:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» yangi yulduz bilan tarkibni kuchaytirmoqchi. Yevropa matbuoti xabar berishicha, «Real Madrid» va «RB Leyptsig» hujumkor futbolchi Yan Diomande transferi bo‘yicha printsipial kelishuvga erishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bitim yaqin kunlarda rasmiy e’lon qilinadi. Madrid klubi Diomande uchun 115 million evroni oshirib to‘lashga tayyor. Futbolchining «Real» bilan shaxsiy shartnomasi allaqachon kelishib olingani aytilmoqda.

«RB Leyptsig» Yan Diomandeni 2025 yil yozida «Leganes» klubidan sotib olgan edi. Afrika futboli vakili bo‘lgan vinger xalqaro miqyosda Kot-d’Ivuar terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!