“Real” 18 yoshli vunderkindni kuzatish uchun jahon chempionatiga skautlarini yubordi
Madridning «Real» klubi vakillari jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turidan o‘rin olgan Shotlandiya — Marokash uchrashuvini stadiondan kuzatdi.
Bu haqida Diario AS jurnalisti Ruben Martin xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Real» skautlari Fransiyaning «Lill» klubida to‘p surayotgan 18 yoshli marokashlik yarim himoyachi Ayub Buaddini kuzatishgan.
Shotlandiyaga qarshi 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan bahsda Buaddi 90 daqiqa davomida maydonda harakat qildi, ammo gol yoki golli uzatma qayd etgani yo‘q.
2025/26 yilgi mavsumda Buaddi «Lill» safida barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar