"Real" 21 yoshli frantsuz uchun kurashga qo‘shildi. Raqobatchilar orasida MYu va "Bavariya" ham bor

  • 25 mart, 2021, 22:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leverkuzenning "Bayer" klubi hujumkor yarim himoyachisi Mussa Diabi "Real"ning qiziqishlar doirasiga kirdi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Qirollik klubi” skautlari 21 yoshli frantsiyalik futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Aytish lozimki, Mussa garchi chapaqay bo‘lsa-da, hujumning har ikkala qanotida birdek o‘ynay oladi.

“Real” Diabining o‘yinlarini U-21 Evropa chempionatida yana bir bor kuzatishni reja qilgan edi, ammo unda koronavirus aniqlandi va shu sababli, Frantsiya terma jamoasi qarorgohini tark etishga majbur bo‘ldi.

“Real” skautlari Diabidan tashqari "Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde va "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani ham kuzatmoqda.

Diabi uchun “Real”dan tashqari "Manchester Yunayted" va "Bavariya" klublari ham kurash olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!