“Real” 270 million yevro bilan transfer bozorini portlatmoqchi

  • 08.07.2026 07:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi rahbariyati kelasi mavsumgacha “Bavariya” vingeri Maykl Oliseni jamoa tarkibiga qo'shib olish istagidan voz kechmagan.

Jurnalist Ekrem Konurning ma'lumotiga ko'ra, “Qirollik klubi” fransuz futbolchisi uchun umumiy qiymati 270 million evrolik taklif tayyorlamoqda.

Uning 222,3 million evroga yaqin kafolatlangan to'lov, qolgan qismi esa bonuslar ko'rinishida bo'ladi.

Biroq avvalroq “Bavariya” rahbariyati Oliseni joriy transfer oynasida sotmasligini bildirib, “Real”ning 150 va 180 million evrolik takliflarini rad qilgan edi.

24 yoshli futbolchi o'tgan mavsum 52 o'yinda 22 ta gol va 31 ta assist qayd etdi. Jahon chempionatida esa u besh uchrashuvda 6 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!