"Real" "Adidas" bilan shartnomani yana sakkiz yilga uzaytirdi

  • 10.06.2026 15:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi "Adidas" kompaniyasi bilan hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha yangi kelishuv imzolaganini rasmiy e’lon qildi.

"Qirollik klubi" rasmiy saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni yana sakkiz yilga uzaytirishga kelishib olgan.

"Real" ilk bor Adidas bilan 1980 yilda shartnoma tuzgan edi. Shundan buyon ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik jahon futbolidagi eng mashhur sherikliklardan biriga aylandi.

Klub bayonotida ta’kidlanishicha, Adidas liboslarida harakat qilgan "Real" Yevropa futbolida yetakchiga aylanib, 8 marta Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

"35 yildan ortiq davom etayotgan bu hamkorlik davomida yaratilgan dizaynlar klub tarixi, madaniyati va muxlislariga hurmat ramzi bo‘lib keldi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum La Ligada "Real" ikkinchi o‘rinni egallab, chempionlikni "Barselona"ga boy bergan edi. Avvalroq madridliklar "Fly Emirates" aviakompaniyasi bilan ham hamkorlikni uzaytirgani xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!