
“Real” Anchelottiga yoqqan futbolchini boshqa klubga jo‘natib yuboryapti
“Real” jamoasining iste’dodliya tayanch yarim himoyachisi Mario Martin tez orada Ispaniya chempionatining boshqa klubida o‘ynay boshlaydi.
Martin klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu o‘yinchining iqtidorini yuqori baholamoqda. Biroq klub rahbariyati Marioning o‘yin amaliyotini ta’minlash uchun ijaraga berib yuborishga qaror qildi.
Markaziy yarim himoyachi yangi mavsum davomida “Valyadolid” safida to‘p tepib, mahorati va tajribasini oshiradi.
Mario Martin “Real”ning asosiy tarkibida to‘rt marotaba maydonga tushdi. Ayni paytda 20 yoshli o‘yinchi tajribali futbolchilar bilan raqobatlasha olmaydi.
“Real”ning bu yarim himoyachi bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan.
Fikrlar