"Real" Arda Gyuler uchun "Fenerbaxche"ga bonus to‘laydi

  • 03.11.2025 15:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining 11-turida Madridning "Real" jamoasi "Valensiya"ni 4:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu bahsda "qirollik klubi"ning turk yarim himoyachisi Arda Gyuler ham maydonga tushdi.

"Diario AS" nashrining yozishicha, bu o‘yin Gyuler uchun "Real" tarkibidagi 75-uchrashuv bo‘ldi va shu sabab klub uning sobiq jamoasi — "Fenerbaxche"ga ikki million evro miqdorida bonus to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, Gyuler 2023 yil yozida madridliklar safiga qo‘shilgan edi. U shu vaqtgacha 75 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma amalga oshirdi. 20 yoshli futbolchining "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning o‘rtasigacha mo‘ljallangan. Uning bozor qiymati 60 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!