"Real" argentinalik murabbiy bilan muzokara o‘tkazdi

  • 4 dekabr, 2020, 15:00
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Tottenxem" sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Real" boshqaruviga kelishi mumkin.

Madrid klubi rahbariyati 48 yoshli mutaxassisni Zinedin Zidanga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Qayd etilishicha, agar "qaymoqranglilar" "Borussiya Myonxengladbax"ni mag‘lub etib, Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqa olmasa, unda klub frantsiyalik mutaxassisni iste’foga chiqaradi.

Pochettino "Tottenxem"ni 2014 yildan 2019 yilgacha boshqargan. "Shporlar" uning boshqaruvida 2018/19 mavsumda Chempionlar ligasi finaliga etib borgan va hal qiluvchi bahsda "Liverpul"ga (0:2) mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!