"Real" Artetani yangi bosh murabbiy sifatida ko'rmoqda
Madridning "Real" klubi jamoa bosh murabbiyligiga nomzodlarni o‘rganish jarayonida. Ulardan biri "Arsenal"ni boshqarayotgan ispaniyalik mutaxassis Mikel Arteta hisoblanadi. Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar"ning amaldagi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa keyingi mavsumda ham ushbu lavozimda qolishi dargumon. Biroq, "Arsenal" sport direktori Andrea Berta va Arteta ayni damda 43 yoshli mutaxassisning yangi shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Ispaniyalik mutaxassis London klubini 2019 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida "kanonirlar" Angliya kubogi va ikki karra Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan. Artetaning "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar