“Real” asosiy yulduzlarini sotishga majbur

  • 13.06.2026 10:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jurnalist Xorxe Pikonning ma'lum qilishicha, yangi futbolchilar kelishi munosabati bilan “Real”ning asosiy tarkibidagi 25 ta joy to‘lib bo‘lgan.

“Qirollik klubi” qisqa fursatda Denzel Dumfris, Ibrohim Konate va Bernardu Silvani Madrid jamoasiga kelishga ko‘ndirdi. Ular qatoriga o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Lion”da ijarada o‘ynagan Endrik ham qo‘shiladi.

“Real”da tarkib to‘lgani sababli moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik uchun madridliklar asosiy tarkibdan ba'zi futbolchilarni sotishga majbur bo‘ladi.

Joze Muorinyo klub rahbariyatidan yana o‘yinchi olishni talab qilayotganidan kelib chiqib, hozirgi tarkibdan sotib yuboriladiganlar soni oshishi mumkinligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!