"Real" "Atletik" darvozaboni uchun 20 mln evrodan voz kechishga tayyor

  • 30 noyabr, 2017, 11:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi hamon “Atletik» posboni Kepa Arrisabalagaga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda “qirollik klubi” 23 yoshli ispaniyalik darvozabonni qishki transferlar chog‘idayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Buning evaziga esa “Atletik”ga 20 mln evro berishga tayyor.

“Real”ning bunday tez qarorga kelishiga sabab, futbolchining tovon puli yanada qimmatlashmasidan avvalroq uni qo‘lga kiritish bo‘lmoqda. O‘z navbatida Kepaning o‘zi ham tezroq “Real”ga o‘tishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Arrisabalaga joriy mavsum Ispaniya chempionatining 12ta uchrashuvida ishtirok etgan va o‘z darvozasidan 18ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!