"Real" Azar uchun "Chelsi"ga 145 million evro to‘laydi! U shu tariqa eng qimmat belgiyalik futbolchiga aylanadi

  • 06.06.2019 20:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar "Real"ga ko‘chib o‘tmoqda.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga qaraganda 28 yoshli belgiyalik futbol yulduzining transferi “qirollik klubi”ga umumiy hisobda 145 mln evroga tushadi. Biroq, ushbu mablag‘ning 47 millioni bonus hisobida to‘lab beriladi.

Endi Azar tez orada Madridda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Azar yakunlangan mavsum “Chelsi” safida jami 52ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 21ta gol hamda 17ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!