"Real" Azarga "Chelsi"dagidan ko‘proq maosh taklif qilmoqda

  • 14 mart, 2017, 10:50
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi hamon "Chelsi" futbolchisi Eden Azarni sotib olish fikridan qaytmayapti.

Tecno

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha "qirollik klubi" 26 yoshli belgiyalik futbolchiga "Chelsi"da olayotgan maoshidan ancha ko‘proq pul taklif qilmoqda. O‘z navbatida "aristokratlar" bosh murabbiyi Antonio Konte ham "Real"ning Alvaro Morata, Isko va Xames Rodriges kabi futbolchilariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.


Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum jami 30ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 11ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!