“Real”, “Barsa” va APL grandlari Braziliya terma jamoasi himoyasiga jiddiy qiziqishmoqda
Italiyaning "Roma" va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Uesli bir qator Yevropa klublarining e'tiborini tortdi. Calciomercato.it nashrining xabar berishicha, futbolchining xizmatiga Ispaniyaning "Barselona" va Madriddning "Real" klublari qiziqish bildirmoqda.
Bundan tashqari, Angliya Premier-ligasining "Arsenal", "Manchester Siti", "Nyukasl" va "Tottenxem" klublari o‘ng qanot himoyachisiga da'vogarlik qilmoqda. Manbaga ko‘ra, hozircha hech bir klub futbolchi uchun rasmiy taklif bildirmagan.
22 yoshli futbolchi o‘tgan yozda "Flamengo"dan "Roma"ga o‘tgan edi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, transfer summasi 25 million yevroni tashkil etgan.

Fikrlar