“Real” bir zumda Kamavingaga undan zo‘r o‘rinbosar topdi
Evropa Chempionlar ligasida “Bavariya”ga qarshi uchrashuvda qizil kartochka olib, mag‘lubiyatga sababchi bo‘lgan Eduardo Kamavinga “Real” tomonidan transferga qo‘yilgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Madridliklar fransiyalik futbolchi o‘rnini bosa oladigan kuchli nomzod topib qo‘ydi.
Jurnalist Ekrem Konur xabar berishicha, “Real”ning transfer rejasi yozda Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Enzo Fernandezni sotib olishdan iborat.
Bu ispan grandining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Manba ma’lumotiga ko‘ra, ushbu transfer madridliklar rahbariyati Kamavingani transferga qo‘yish qaroridan keyin yanada ahamiyatli ko‘rinish oldi.
Ushbu mavsumda 25 yoshli Fernandez barcha musobaqalarni hisobga olganda 46 ta o‘yinda maydonga tushdi, 12 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va o‘z hisobiga oltita golli uzatma yozdirdi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik futbolchining qiymati 90 million yevroga baholanmoqda.

Fikrlar