“Real” bizning ligada o‘ynasa, zo‘rga sakkizinchi o‘rinni oladi
Angliya milliy terma jamoasi va “Arsenal”dagi oʻyinlari bilan tanilgan sobiq hujumchisi Teo Uolkott Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Real” haqida fikr bildirdi.
Uning fikricha, agar La Liganing eng qudratli jamoasi Angliya Premier-ligasida ishtirok etsa, musobaqa jadvalida sakkizinchi oʻrindan joy olishi mumkin ekan.
Teo Uolkott “Real” Angliya chempionatida qatnashsa, “Kristal Pэlas”, “Lids” jamoalari maydoni, xususan, “Sent-Jeyms Park” stadionida boʻladigan safar uchrashuvlarida jiddiy muammolarga duch kelgan boʻlardi.
Shuningdek, ob-havo ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi.
Uolkott “Real”ning koʻplab muxlislariga bu gaplar yoqmasligini, ammo uning fikricha, Premier-ligaga madridliklardan koʻra koʻproq tayyorgarlikka ega jamoalar borligini taʼkidladi. “Real” esa ular qatoriga kirmasligi mumkin.
Fikrlar