
"Real" boshi berk ko‘chaga kirib qoldi
"Real Madrid" va Vinisius Junior o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgan.
ESPN bergan xabarlarga ko‘ra, muzokaralar bir necha hafta avval to‘xtagan. Futbolchining vakillari "Real" taklif qilgan summa etarli emas, deya hisoblamoqda. Ular Vinining maoshini kamida 20 millionga oshirilishini va umumiy miqdor 30 million evroni tashkil etishini istayapti. Biroq "qirollik klubi" braziliyalik vinger uchun 20 milliondan ko‘p to‘lamoqchi emas.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda umumiy 58 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 19ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar