“Real” braziliyalik hujumchidan voz kechadigan bo‘ldi

  • 18.10.2023 22:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” rahbariyati jamoaning hujum chizig‘ini qayta tashkil qilmoqchi. Ana shu maqsadda braziliyalik hujumkor futbolchi Rodrigo transferga qo‘yilishi rejalashtirilyapti.

Sport nashrining xabar berishicha, Rodrigo 11 ta uchrashuvida bittadan gol va assist qayd etgani “Qirolli klubi” mutasaddilarini qoniqtirgani yo‘q. Endi rahbariyat uni sotib yuborib, o‘rniga sermahsul o‘yinchi olib kelishni mo‘ljallamoqda.

22 yoshli futbolchi ham Karlo Anchelotti uni hujum markazida o‘ynayotgani yoqmayotganidan shikoyat qildi.

- Men har doim qobiliyatim qanotlarda o‘ynashga qaratilgani, hujum markazida o‘ynash yoqmyotgani, lekin bunga majbur bo‘layotganimni ochiq aytib kelganman. Braziliya terma jamoasida qanotda o‘ynayman va bu keng hudud bo‘ylab harakat qilishimga imkon beradi va yaxshi o‘yin ko‘rsata olaman, - dedi Rodrigo.

“Real”ga kelasi yili yozda yangi yosh futbolchi Endrik keladi. Bundan tashqari, madridliklar Kilian Mbappe, Erling Xoland, Viktor Osimxen yoki ularning darajasidagi mashhur forvardlardan birini transfer qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!