"Real" braziliyalik hujumchisi bilan xayrlashadi

  • 27.07.2026 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Endrik yozda Madridning «Real» klubini tark etishi mumkin. Bu haqida ESPN xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hozircha madridliklar va boshqa jamoalar o‘rtasida Endrik transferi bo‘yicha aniq muzokaralar boshlanmagan. Shu bilan birga, «Qirollik klubi» rahbariyati ushbu yozda futbolchini sotish ehtimolini inkor etmayotgani ta’kidlanmoqda.

Endrik 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini Fransiyaning «Lyon» jamoasida ijara asosida o‘tkazdi. U yerda u barcha musobaqalar doirasida 21 o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va sakkizta golli uzatma amalga oshirdi. 

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati hozirda 40 million evroni tashkil etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!