
“Real” bu himoyachisi bilan tezroq xayrlashmoqchi
“Real Madrid” markaziy himoyachisi Xesus Valexo qishki transferlar oynasida klubni tark etishi mumkin.
“Qirollik klubi” hozirda himoyachilar kamligidan ko‘plab muammolarga duch kelmoqda. Lekin, bunday muammolarga qaramay Valexo maydonga tushmadi. Estadio Deportivo xabar berishicha, “Real” 27 yoshli ispan bilan yanvar oyidayoq xayrlashmoqchi.
Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi yozda tugaydi. Joriy mavsumda Xesus bor yo‘g‘i 10 daqiqa maydonda harakat qildi.
Fikrlar