“Real” bu jamoaga Azarni sotmaydi
“Real” rahbariyati ispan futboliga moslasha olmagan Eden Azarni transferga qo‘yishi haqida xabarlar tarqatilayotgan edi.
Shuningdek, ko‘pchilik "Chelsi" belgiyalik futbolchini yana o‘z safiga qaytarishi haqida yoza boshladi.
Biroq, Madridda vaziyat o‘zgardi va klub rahbariyati Azarni sotmaydigan bo‘ldi.
“Qirollik klub” yulduzli onlarini “Chelsi”da o‘tkazgan Azarni Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar sifatida 2019 yilda olib kelgan edi. Ikki yil davomida belgiyalik futbolchi atigi 30 ta uchrashuvda qatnashdi va to‘rtta gol urib, beshta golli pas oshirdi xolos.
U ko‘p vaqtini lazaretda o‘tkazdi. Shunga qaramay, Karlo Anchelotti yana bir mavsum davomida Azarga imkon berishga qaror qildi.
Fikrlar