
"Real" Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi uchun kurashdan chiqdi, "Bavariya" va MYu esa...
"Bavariya" va "Manchester Yunayted" frantsiyalik hujumchi Randal Kolo Muani uchun kurashda favoritlik qilmoqda.
L'Equipe xabariga ko‘ra, "Bavariya" Kolo-Muinining ko‘p qirrali futbolchi sifatida baholaydi va uni qo‘lga kiritish uchun “Ayntraxt”ga foydali taklif bilan chiqishi mumkin.
"Manchester Yunayted" ham hujumchini transferiga jiddiy qiziqmoqda. Bosh murabbiy Erik ten Xag Kolo-Muanini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Shuningdek, Kolo-Muaniga PSJ va “Chelsi” klublari ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan. Madridning “Real” klubi esa frantsiyalik hujumchi bilan shartnoma imzolash fikridan voz kechdi.
Taxminlarga ko‘ra, frankfurtliklar Kolo-Muani uchun 60-70 million evro va bunga qo‘shimcha ravishda 30-40 million evro bonus olishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, nemis klubining yangi bosh murabbiyi Dino Toppmeller tajribali Kolo-Muanini yangi mavsumda ham tarkibda saqlab qolishni istamoqda.
Randal Kolo-Muani ortda qolgan 2022/23 yilgi mavsumda Bundesligada jami 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan holda “gol+pas” tizimida mavsumning eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Fikrlar